Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: G‘ijduvon davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltakladi
Holat 53-sonli MTTda may oxirlarida sodir bo‘lgan. Farzandi kaltaklangan otalardan biri voqea tasvirga olingan videoni Kun.uz’ga yubordi. Uning aytishicha, tarbiyachi bolalar bilan doimiy qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni urib keladi.
Foto: Kun.uz
Kun.uz ixtiyoriga Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 53-sonli davlat bog‘chasida tarbiyalanuvchilar kaltaklanganiga oid videolar kelib tushdi. Tasvirlarga ko‘ra, voqea 22 hamda 27 may sanalarida yozib olingan. Unda tarbiyachi bolalarga baqirib, “oyog‘ing sinsin”, – deya ularni bir necha marotaba shapaloqlab urgani ko‘rinadi.
Kaltaklanish oqibatida bolalarning yelka qismlari qizarib ketgan. Bunga oid suratlar ham tahririyatga kelib tushgan. Farzandi jabr ko‘rgan otalardan birining ta’kidlashicha, xodim bolalar bilan doimiy ravishda shunday munosabatda bo‘lib keladi. Bundan 2 yil avval ham tarbiyachi shunday videolari bilan tarmoqlarda aylangani aytilmoqda.
Kun.uz holat surishtirilishi yuzasidan Maktabgacha va maktab vazirligiga so‘rov jo‘natdi.
Mavzuga oid
14:45 / 25.11.2025
G‘ijduvon tumanida hokim o‘zgardi
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
22:40 / 27.09.2025