Toşkent viloyatidagi boğçalarda zaharlangan hamda kasalxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barçasi oilasi bağriga qaytgan. Soğliqni saqlaş vazirligida taşkil etilgan maxsus ştab a’zosi Nurmat Otabekov 30 sentabr kuni bergan sönggi ma’lumotlarga köra, hozirgi vaqtda faqat uç nafar tarbiyalanuvçilar şifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
«Ular asosiy holatdan töliq soğaygan bölib, davolaş jarayonida ularda oldindan mavjud kasalliklar aniqlangani sababli, qöşimça tibbiy kuzatuv ostida qoldirilgan. Bu bolalarning ham ahvoli barqaror va yaqin kunlarda uylariga javob beriladi.
Şunday qilib, tibbiy tadbirlar töliq yakunlandi, şifoxonalar esa özining odatiy iş faoliyatiga qaytdi», –deydi u.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mamlakat böylab barça ta’lim muassasalarida ovqatlaniş xizmatlari ustidan nazorat va profilaktik işlarni kuçaytirişi qöşimça qilingan.
«Mazkur işlar kelgusida şunday holatlarning takrorlanişi oldini olişga qaratiladi. Şu örinda yuksak mas’uliyat va fidoyilik bilan öz burçini ado etgan barça tibbiyot xodimlariga samimiy minnatdorçilik bildiramiz», – deya uning sözlarini keltiradi SSV matbuot xizmati.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi esa 2 oktyabrdan viloyatdagi barça boğçalar öz faoliyatini odatiy iş rejimida davom ettirişini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida boğçalarda nazorat mexanizmlari kuçaytirilişi qayd etilgan.
«Amaldagi qonunçilikka muvofiq, ayrim boğçalarimizda umumiy ovqatlaniş xizmatlari xususiy korxonalar tomonidan autsorsing tizimi orqali yölga qöyilgan. Şartnomalarda sanitariya talablari va me’yorlariga qat’iy rioya qiliş belgilangan.
Şu bilan birga, vazirlik öz mas’uliyatini çuqur his qiladi va nazorat mexanizmlarini yanada kuçaytiradi.
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar va Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari har tomonlama örganilmoqda. Kamçiliklar aniqlansa, tegişli şartnomalar qayta körib çiqiladi yoki bekor qilinadi», – deyilgan xabarda.












