Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yangi hokim iş boşladi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, xalq deputatlari Ğijduvon tumani kengaşining viloyat hokimi Botir Zaripov iştirokida ötgan navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi.

Sessiyada Farhod Baqoyeviç Umarov Ğijduvon tumani hokimi etib tayinlangan.

Farhod Umarov mehnat faoliyatini Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji öqituvçiligidan boşlab, Buxoro şahar moliya bölimi va viloyat moliya boşqarmasidagi rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2015-2017 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölgan.

2017–2021 yillarda viloyat hokimining birinçi örinbosari va 2021–2024 yillarda Vobkent tumani hokimi lavozimlarida faoliyat körsatgan. Hozirgaça «Ğijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida işlab kelayotgandi.

Ğijduvon tumaniga 2021 yil avgustidan buyon Şerzod Aşurov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Şerzod Aşurov / Kun.uz

Eslatib ötamiz, 19 noyabr kuni Kambağallikni qisqartiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş böyiça olib borilgan işlar sarhisobiga bağişlangan yiğilişda prezident Denov va Çiroqçi tumanlari hokimlarini işdan olgandi. Şuningdek, ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamçiliklar va közböyamaçilikka yöl qöyayotgani körsatib ötilgan, boş vazirga işga şunday yondaşgan 20 ta tuman hokimlariga nisbatan örnatilgan tartibda çora köriş topşirilgandi. Bunday tumanlar qatorida Ğijduvon tumani ham bor edi.