Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchilik yosh o‘zbek olimidan Germaniyadagi «sun'iy chiroq»
Dunyoda yetakchi o‘rinlarda turuvchi Germaniya Aerokosmik markazi olimlari 2017 yil mart oyida dunyoda yagona bo‘lgan sun'iy quyosh qurilmasini ishga tushirishdi. Mazkur qurilma 149 dona projyektordan iborat bo‘lib, uning diametri 1 metrni tashkil etadi. Qurilmaning balandligi esa 15 metrga teng, projyektorlar holatini o‘zgartirish imkoniga ega va projyektorlarni bitta nuqtaga yo‘naltirishi mumkin.
Ushbu 149 projyektor birgalikda yer yuziga tushadigan tabiiy quyosh nuridan kamida 10 ming marotaba ko‘p bo‘lgan yorug‘lik intensivligini yuzaga keltiradi. Mazkur qurilmadan asosiy maqsad keyingi yillarda quyosh energiyasidan olinadigan yoqilg‘ini ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishdan iboratdir. Ammo quyosh issiqlik elektr stansiyalari sohasidagi tadqiqotchilar va sanoat korxonalari yoki aerokosmik sanoati korxonalari ham ushbu qurilmadan quyosh nuriga oid turli sinov ishlarini olib borishda unumli foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Muhim jihati shundaki, ushbu loyihani amalga oshirishda asli o‘zbekistonlik Zafar Ismoilov bevosita ishtirok etgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Drezden Texnika universiteti quyosh energetikasi bo‘yicha loyiha rahbari Ravshan Xo‘janov xabar berdi.
Germaniya Aerokosmik markazi olimlari bilan tengma-teng ishlab, o‘zbek farzandi nimalarga qodir ekanligini amalda ko‘rsata oldi. Zimmasiga topshirilgan barcha muhim vazifalarni o‘z vaqtida va zarur bo‘lsa oshirib bajardi. Undan tashqari, o‘zining kerakli g‘oya va maslahatlarini berdi. Yosh olim bakalavr darajasida bo‘lishiga qaramay, markazning doktor va professorlari qatoridan joy ola bildi. Asli olis Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidagi oddiy qishloq hayotida katta bo‘lgan Zafar hozirda magistraturada o‘qishini davom ettirmoqda. Zafar vaqti oz bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazmay, sportning dzyudo turi bilan shug‘ullanib turadi. E'tiborli tarafi shundaki, u Germaniyada mamlakat bo‘yicha chempion unvoniga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:50
Bild: Germaniyada viza firibgarligi holatlari ikki baravarga oshdi
09:37 / 26.12.2025
Rossiya TIV rossiyaliklarni Germaniyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
11:48 / 24.12.2025