O‘zbekiston | 09:49 / 01.06.2019
5263
2 daqiqa o‘qiladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona fondi xorijiy adabiyotlar bilan boyitiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 martdagi PQ–2855-son qarori ijrosi yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga xorijiy tadqiqotchi olimlar jalb etilishini inobatga olib, kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida qabul qilinishi mumkin.

Hujjat bilan 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona fondiga xorijiy davlatlardan adabiyotlar olib kelinishi tashkil etiladi.

2019 yilda Markaz kutubxona fondiga xorijiy adabiyotlarni olib kelish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

Xorijiy adabiyotlarni sotib olish va olib kelish, shu jumladan, ishchi guruhning safar xarajatlari, xorijiy adabiyotlarni manzilga yetkazish, tushirish hamda bojxona yig‘imlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash direksiyasi tomonidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ishchi guruh a'zolarining safar hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid