Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi arafasida yangidan qurib bitkazilgan Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Prezident 2017 yilning yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi. Uning 2017 yil 25 apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi.
«Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta'lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. O‘quv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari hamda kompyuter texnikasi bilan jihozlangan.
Prezidentimiz Akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv xonalari, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bo‘lib, ularning ta'lim olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishini ko‘zdan kechirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari kursantlar bilan suhbatlashgan. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabriklagan, ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, harbiy, dunyoviy bilimlarni puxta egallashi lozimligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
10:12 / 05.11.2025
Chirchiqda “Aqlli shahar” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi
15:35 / 27.08.2025
“60 yoshda ham avtobus kutishni istamasangiz ...” - Chirchiqdagi reklama e’tirozga sabab bo‘ldi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
12:03 / 01.08.2025