Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi halokatli zilzilalarga bir yil to‘ldi
53 mingdan ortiq inson zilzila qurboni bo‘lgan, 100 mingdan ortig‘i jarohat olgan edi.
Foto: AFP/Getty Images
Turkiyaning turli shaharlarida bir yil oldin sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlarini xotirlash uchun marosimlar o‘tkazildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
2023 yil 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida magnitudasi 7 balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi (mahalliy vaqt bilan soat 4:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball).
Zilzila episentri Qahramonmarash viloyatida bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan Suriya, Livan, Kipr va Iroqda ham sezildi.
Qahramonmarash bilan birga Hatay, Usmoniya, Odiyomon, Diyorbaqir, Shonliurfa, G‘oziantep, Kilis, Adana, Malatyo va Elazig viloyatlarida ham jiddiy vayronagarchilik va talofatlar qayd etildi.
Zilzila qurbonlari soni 53 537 kishini tashkil etdi, yana 107 213 kishi jarohat oldi.
Qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berish uchun 93 mamlakatdan ekipajlar yetib keldi.
Butun mamlakat bo‘ylab 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi. Zilziladan jabr ko‘rgan hududda favqulodda holat e’lon qilindi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda jami 650 ming kishi, jumladan, xorijdan kelgan 11 488 nafar, qidiruv-qutqaruv ishlarida 35 250 nafar ishtirokchi va 142 ming xavfsizlik kuchlari jalb etildi.
350 ta chodir shaharchada 645 ming dona, 414 ta konteyner shaharchasida 215 ming 224 dona konteyner o‘rnatildi.
Boshqa davlatlar qatori, O‘zbekiston ham zilziladan jabrlangan aholi uchun gumanitar yordam jo‘natdi.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026