BAA Nukusda shifoxona barpo etilishiga 27 mln dollar ajratadi
Nukus shahrida Birlashgan Arab Amirliklari xayriya jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobiga zamonaviy ona va bola shifoxonasi barpo etiladi.
26 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferensiya shaklida O‘zbekistonda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga BAA Xalifa bin Bin Zoid Ol Nahayon nomidagi xayriya jamg‘armasining texnik ko‘magini jalb etish bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.
O‘zbekiston tomonidan bitimni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va BAA tomonidan moliya vaziri o‘rinbosari Yunis Hoji Al-Xuriy imzoladi.
Loyihaning umumiy qiymati 27 mln dollarni tashkil etadi va moliyalashtirishi to‘liq Xalifa bin Bin Zoid Ol Nahayon jamg‘armasi grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
100 bemorga mo‘ljallangan hamda dizayn va texnik jihozlari bo‘yicha hududda yagona bo‘lgan yangi shifoxona tug‘uruqoldi va tug‘uruq bo‘limlari, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun palatalar, onalar va bolalar intensiv terapiyasi bo‘limlari, jarrohlik bo‘limi, shifoxona, ambulatoriya va maslahat diagnostika bo‘limlari hamda laboratoriyalarga ega bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda obektda qurilish ishlari boshlangan. 2022 yil yakuniga qadar uning to‘liq qurib bitkazilishi kutilmoqda. Eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi tibbiyot maskani Orolbo‘yi mintaqasi aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi.
Mavzuga oid
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024
AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi
17:35 / 16.10.2024
“Bu yerda talabaning yangi bilimlarni o‘zi xohlab o‘rganishi birinchi o‘rinda turadi” - Nyu-York universitetining o‘zbekistonlik talabasi
15:00 / 16.10.2024