AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken BAA taşqi işlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan Ğazo sektori va Livandagi keskinlikni kamaytiriş böyiça olib borilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qildi.
Davlat departamentining bildirişiça, telefon muloqoti çoğida taşqi siyosat rahbarlari Ğazodagi uruşni töxtatiş, barça asirlarni ozod qiliş va Falastin xalqining azobini yengillaştirişni muhokama qilgan.
Blinken va Ol Nahayon, şuningdek, Moviy çiziqdagi mojaro va BMT Xavfsizlik Kengaşining 1701-rezolyutsiyasiga töliq mos keladigan diplomatik yeçim topişga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham muhokama qildi.
BMT Xavfsizlik Kengaşining 1701-rezolyutsiyasi
BMT Xavfsizlik Kengaşining 1701-rezolyutsiyasi Isroildan öz qöşinlarini Moviy çiziqdan taşqariga olib çiqişni va Livandagi çiziq va Litani daryosi örtasidagi hududni demilitarizatsiya qilişni, u yerda faqat Livan armiyasi kuçlari va BMT tinçlikparvar kuçlarini qoldirişni talab qiladi.
Biroq, Livan janubidagi Litani daryosi va Moviy çiziq orasidagi deyarli butun hudud 2000 yildan beri «Hizbulloh»ning kuçli harbiy ta’siri ostida.








