Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya chempionati. «Rostov» va Shomurodov mavsumni g‘alaba bilan boshladi va boshqa natijalar
Foto: Rostov
«Rostov» Rossiya Premer-Ligasining birinchi turida «Axmat»ni yengdi. Rostov-Dondagi «Rostov Arena» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol rostovliklar jamoasining islandiyalik hujumchisi Born Sigurdarson tomonidan urildi, u birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Sergey Parshivlyukning uzatmasini boshi bilan darvozaga joyladi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida Valeriy Karpin jamoasida zaxiradan maydonga O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov tushirildi.
RPLning ikkinchi turida «Rostov» Moskvaning TsSKA klubi mehmoni bo‘ladi, «Axmat» o‘z uyida «Yeniseyey» bilan o‘ynaydi. Ikki uchrashuv ham 5 avgust kuniga belgilangan.
Birinchi tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Anji» safarda «Ural»ni yengdi (1:0). O‘yin taqdirini mehmonlar yarimhimoyachisi Anton tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. 83-daqiqada uning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasi «Anji»ga g‘alaba keltirdi.
Mehmonlar yarim himoyachisi, O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Dostonbek Hamdamov o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
«Orenburg» safarda «Spartak» bilan bellashdi va kichik hisobda yutqazdi. Yagona gol 4-daqiqada Jigo tomonidan urildi. Mehmonlar jamoasi safida o‘zbekistonlik Vadim Afonin to‘liq harakat qildi.
Rossiya chempionati
1-tur
Rostov – Axmat 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Sigurdarson.
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Parshivlyuk, Kalachev (Guliyev, 69), Gatskan, Skopintsev (Mirzov, 63), Ionov, Yusupov, Sigurdarson (Shomurodov, 75).
Axmat – Gorodov, Utsiyev, Semenov, Anxel, Moxammadi, Shvets, Dumbiya, Roshi, Ismael (Musalov, 79), Berisha (Ivanov, 82), Sadayev (Pliyev, 28).
Chetlatish: Semenov (25).
Ural – Anji 0:1
Gol: 0:1 – 83 Anton.
Ural – Godzyur, Dinga, Merkulov (Yusupov, 87), Kulakov, Balajits, Dimitrov, El-Kabir, Yemelyanov, Bikfalvi, Yegorchev (Yevseyev, 63), Ilin.
Anji – Dyupin, Chanselor, Udaliy, Belorukov, Tetrashvili, Rabiu, Kulik, Chaykovskiy (Anton, 68), Gigolayev, Muhammad (Agalarov, 80), Ax'yadov (Markelov, 55).
Ogohlantirishlar: Gigolayev (24), Tetrashvili (41), Rabiu (52), Markelov (72).
Spartak – Orenburg 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 4 Jigo.
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Yeshchenko, Kombarov, Glushakov (Popov, 82), Fernando, Lomovitskiy (Tashayev, 72), Zobnin, Promes (Timofeyev, 90), Ze Luish.
Orenburg – Frolov, Begich, Oyyevole, Terexov, Andreyev, Afonin, Popovich, Chirkin (Malyarov, 61), Chukanov (Kulishev, 57), Kozlov, Sutormin.
Ogohlantirishlar: Frolov (4), Oyyevole (36), Terexov (36).
Mavzuga oid
12:15 / 25.11.2025
Rostov viloyatiga tungi hujum: uch kishi halok bo‘ldi, kamida o‘n kishi yaralandi
10:22 / 29.08.2025
Rostovdagi korxona O‘zbekistondan 100 nafar kishini ish bilan ta’minlaydi
18:27 / 14.08.2025
Rostov, Belgorod va Volgogradga dronlar hujum qildi
12:04 / 06.08.2025