O‘zbekiston | 17:32 / 25.10.2025
11094
2 daqiqa o‘qiladi

Quruq oktyabrning oxiri ham quruq bo‘ladimi?

Oktyabrda ro‘y bermagan haqiqiy – hazonrezgi yomg‘irli kuz ob-havosiga noyabrning birinchi o‘n kunligida guvoh bo‘lishimiz mumkin. Biz oktyabr oxiridan kutgan yomg‘irlar esa yog‘masligi aniqlashmoqda. Faqatgina baland tog‘larda yaxshigina yomg‘ir yog‘ishi va hatto qor bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

O‘zbekistonda oktyabr oyi favqulodda quruq va issiq o‘tishda davom etmoqda. Yil bo‘yi kuzatilgan jaziramalar va yog‘insiz kunlar afsuski endilikda havoda mavsumiy namgarchilikning ortib borishini cheklab qo‘ymoqda. Shu sababdan mintaqaga tashrif buyurayotgan nam havo oqimlaridan yomg‘ir hosil bo‘lmayapti. Nam havo oqimlari hatto tog‘larga o‘z quvvatini tashlab keta olmayapti. Kuzning uchinchi oyi boshlanib xam yog‘ingarchilik bo‘lmayotganiga shu omil bo‘lyapti.

Shu bilan birga Tinch okeani markazidagi suv haroratining pasayishi bilan bog‘liq La-Ninya fenomini sabab endi mintaqamizga kirib keluvchi g‘arbiy havo oqimlari marshruti shimolga siljidi. Bu xam O‘zbekiston uchun yog‘ingarchilik kam kuzatilishiga olib kelmoqda.

Shunday qilib, kelayotgan 5 kunlikda respublika bo‘ylab xarorat biroz pasayadi, yakshanba kuni shimol va tog‘larda, seshanba kuni respublikaning ayrim viloyatlarida kam miqdorda yog‘inlar bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid