Bir neça kundan beri Toşkent va unga qöşni hududlar aholisi öta iflos havodan nafas olib yaşamoqda. Prezident 25 noyabr kuni keçiktirib bölmaydigan çoralar körsatilgan farmonni imzoladi. Kun.uz suhbatlaşgan ob-havo böyiça mutaxassislar fikriça, qisqa muddatda hozirgi muammoga yeçim topişning imkoni yöq. Jamoatçilik faollariga köra esa, davlatning ekosiyosatiga mas’ul idoralar xalqqa nima bölayotganini doimiy tuşuntirişi kerak.

Oxirgi bir neça kundan beri Toşkentning havosi doimgidan-da ifloslandi, quyuq çang zarralari töplanib qolib, aholi bunday nosoğlom havodan nafas olmoqda. Havo sifati böyiça reytingda ham poytaxt ketma-ket dunyo böyiça eng ifloslangan hudud böldi. Özbekiston prezidenti 25 noyabr kuni keçiktirib bölmaydigan favqulodda ekologik çoralar körsatilgan farmonini imzolarkan, hujjatga muvofiq maxsus komissiya tuzildi. Mana şu komissiya esa farmonda közlangan çoralarni köradi.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori fikriça, Toşkent azaldan çang belboğida joylaşgan va şamolning harakatlari özgarib bormoqda.

“Qisqa vaqt içida Toşkentdagi bunday iflos havo bilan boğliq vaziyatni önglaş uçun imkon yöq”, deydi u.

Gidrometeorologik ta’minot boşqarmasi boşliği Azimjon Narzullayevning aytişiça esa har yillik inversiya hodisasi sabab çang havoda töplanib qoldi.

“Inversiya bu — atmosfera qatlamlarida havo harorati balandlik oşgan sari pasayiş örniga, aksinça kötarilişi bilan yuzaga keladigan meteorologik hodisa. Bizda esa bu yil qurğoqçilik yili, noyabr boşidan beri yomğir yoğmadi. Şuning uçun kötarilgan çanglar havoda turib qoldi”, deydi ob-havo böyiça mutaxassis.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovga köra, butun xalqni qiynayotgan savollarga vaqtida javob qaytariş, aholi bilan soğlom muloqot lozim.

“Buni fojia emas-u, milliy taşviş deb atagan bölardim. Toşkentning egasi kim, albatta, hokim böladi. Lekin şunaqa vaziyat boşlanganidan beri biror marta çiqiş qilib, ikki oğiz gapirganini körmadim. Yoki bölmasa, davlatning şunça pulini olayotgan MTRK, ma’naviyat markazlari bor. Heç kim heç nima demadi va bu odamlarda savollarni, taşvişni köpaytirmoqda”, deydi Taşanov.

Jamiyatşunos Mahmud Yöldoşev esa ekologik oğir damda jamoatçilik faollari, xalq tanigan siyosiy figuralar bildirayotgan yengil-yelpi, ilmiy asosga ega bölmagan munosabatlarni tanqid qildi.