Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro janjal qotillik bilan tugadi
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 4 sentabr kuni soat 12:40larda Andijon viloyati Asaka tumani, "Qadriyat" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. yashash uyida turmush o‘rtog‘i M.N. (ayol) bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli o‘zaro janjallashgan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, M.U. xo‘jalik pichog‘i bilan M.N.ning bo‘yin va qorin qismlariga bir marotabadan urgan va unga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida M.N. voqea joyida vafot etgan. Fuqaro M.U. ushlanib,ashyoviy dalil sifatida undan bir dona xo‘jalik pichog‘i olingan.


Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro M.U JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:07
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
20:05 / 18.12.2025
«Ayrimlar migrantlar mavzusini ko‘pirtirib yuborishdi». Rossiyadagi faollar Odinsovodagi fojia aybdorlari haqida
14:40 / 18.12.2025
Odinsovodagi qotillik. Hozirgacha nimalar ma’lum?
19:08 / 17.12.2025