O‘zbekiston | 13:00 / 30.01.2023
9937
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston marketing uyushmasi 2022 yil uchun "O‘zbekiston brendlari va agentliklari marketing samaradorligi yakuniy reytingi"ni e’lon qildi

O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning 500 dan ziyod brendlari va agentliklarining 2022 yildagi yirik professional tanlov va mukofotlardagi yutuqlari yakuni chiqarildi.

Brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi yirik mahalliy hamda xalqaro tanlovlardagi g‘alabalar uchun olingan ballarni jamlashga asoslangan uslubiyot bo‘yicha tuziladi va uyushma tomonidan 2021 yildan buyon shakllantirib kelinadi.  Har bir professional tanlovga uning obro‘si va murakkablik darajasiga ko‘ra koeffitsiyent beriladi. Reyting shakllantirilishi uslubiyotining batafsil tavsifi marketing.uz saytida keltiriladi.

«Reyting eng samarali marketing strategiyalarining yechimlari va natijalarini baholash imkonini beradi, O‘zbekiston hududida sifatli professional xizmatlar buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarining shaffof bozori shakllanishiga xizmat qiladi hamda brendlar va agentliklar tomonidan marketing vositalaridan foydalanishning muvaffaqiyatliligi indikatori sanaladi», - qayd etdi O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini rasman olib boruvchi har qanday brend va agentlik reyting ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Brendlar va agentliklar uchun reytingda qatnashish bepul.

Reytingda o‘ringa da’vogar bo‘lish uchun brendlar va agentliklar Reyting tanlovi ro‘yxatida ko‘rsatilgan professional tanlovlarda short-listga kirishlari yoki sovrinli o‘rinlarni egallashlari lozim. Reyting ma’lumotlari yil davomida, brendlar va agentliklarning tanlovlardagi ishtiroki to‘g‘risida axborot kelib tushishiga qarab muntazam yangilanib boradi. Reytingda jami 25 dan ortiq tanlovlar mavjud. Reytingda koeffitsiyentga ega har yilgi mahalliy tanlovlar: «Yil brendi» mukofoti, TAF! tanlovi, MYDAY mukofoti, EMBRAS mukofoti, O‘zbekiston milliy mehmondo‘stlik mukofoti.

2022 yilgi reytingda 35 ta tarmoq bo‘yicha 492 ta brend va 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 55 ta agentlik qatnashdi.

Eng mashhur tarmoqlar bo‘yicha reytingning yuqori qatorlarini qaysi brend va agentliklar egalladi?

Brendlar reytingi

To‘lov tizimlari (6 ta ishtirokchi ) – Uzum bank

Avtomobil tarmog‘i (8) – Hyundai

Sug‘urta kompaniyalari (6) – Gross Insurance

Savdo (11) – Ishonch

Bank xizmatlari (12 ) – Agrobank

 

"Biz va bizning foydalanuvchilarimiz uchun bu yilgi eng muhim voqea bankning Uzum ekotizimi bilan integratsiyasi va Marketing uyushmasining bizga bergan bahosi bo‘ldi. Bu baho bizning ilk professional sovrinlarimizdan biri hamda bankning kerakli yo‘nalishda o‘sayotgani va rivojlanayotganligining muhim tasdig‘i sanaladi.

Chunonchi, yaqinda biz joylarda Uzum Pay servisi va Uzum ilovasi orqali tovar va xizmatlar haqini to‘lashda oshirilgan keshbeklarni joriy qildik, istiqbolda esa ilovada yana ko‘plab yangi servislar paydo bo‘ladi. Ular kundalik masalalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishni soddaroq hamda qulayroq qilishda yordam beradi", - qayd etdi Uzum Bank boshqaruvi raisi Sergey Gimadiyev.

Agentliklar reytingi

Branding (7 ta ishtirokchi) – MA’NO Branding

Creative (7) – Sintez

SMM (2) – Rocket

Strategy, creative (4) – FCB Artgroup

Digital (9) – We digital

Reytingning eng mashhur yo‘nalishlarida yetakchilar ketma-ketligi qanday ko‘rinishga ega?

To‘lov tizimlari

Avtomobil tarmog‘i

Sug‘urta kompaniyalari

Savdo

Banklar

Reytingning barcha ishtirokchilari Marketing.uz veb-saytida taqdim etilgan.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid