Bugun yurtimizda oliy ta’lim oliş istagida yoşlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Öz örnida uşbu talabdan kelib çiqqan holda davlat oliy ta’lim muassasalari bilan tengma-teng faoliyat yuritib kelayotgan xususiy oliy ta’lim muassasalari va xorijiy davlatlar universitetlarining yurtimizdagi filiallari soni ham tobora köpayib bormoqda. Aniqroq aytadigan bölsak, yoşlarga oliy ta’lim beriş sohasida ham kuçli raqobat muhiti vujudga kelmoqda. Raqobat muhiti esa ta’lim sifatining oşişiga,yetişib kelayotgan kadrlarning har tomonlama yetuk va bilimli bölişiga zamin yaratadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmoni esa sohadagi mavjud raqobat muhitining yanada kuçayişiga olib kelişi turgan gap. Çunki, mazkur konsepsiyada oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytiriş, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşiriş, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etiş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş jarayoniga kadrlar buyurtmaçilarini faol jalb etiş kabi masalalar bilan birga oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaş, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlaş ham közda tutilgan.
Uşbu konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlaş maqsadida 2022 yilning iyul oyigaça Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri lavozimida işlagan hamda Toşkent davlat agrar universiteti rektori bölgan Jamşid Xodjayev boşçiligida universitetning nufuzini nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham yanada oşiriş, ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ta’lim jarayoniga xorijiy innovatsion uslublarni joriy etiş borasida qator işlar amalga oşirildi va bugungi kunda ham davom ettirilmoqda. Jumladan, universitetning yangi Marketing bölimi taşkil etildi. Rahbar va pedagog xodimlar tarkibi çuqur örganilib, tahlil qilindi. Xodimlarning ta’lim sohasiga qöyilayotgan zamonaviy talablarga va lavozim böyiça malaka talablariga muvofiqligini aniqlaş, kasbiy mahorati va bilimini, ilmiy yönalişdagi faoliyatini baholaş maqsadida attestatsiya ötkazildi. Attestatsiyada universitet rivojiga munosib hissa qöşa oladigan, ta’lim sifatini oşirişga qodir kuçli va malakali mutaxassislar tarkibi şakllantirildi.
Xorijdan kadrlarni işga qabul qiliş böyiça Recruting kompaniyalar va xorijiy davlatlardagi elçixonalar bilan hamkorlikda Rossiya, Latviya, Litva, Polşa davlatlaridan prorektorlar, fakultet dekani va bölim boşliği lavozimlariga professional boşqaruvçilarni jalb etiş va ularni tanlov orqali işga oliş közda tutilgan. Şuningdek, qarorlarni qabul qiliş böyiça boşqaruvni markazdan örta va quyi böğinga tuşiriş ham rejalaştirilmokda.











