Sport | 18:41 / 20.09.2016
8458
1 daqiqa o‘qiladi

U-16 Osiyo chempionati. O‘zbekiston Yamanni yengib, guruh peshqadamiga aylandi

Hindistonda U-16 o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun "D" guruhida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ikkinchi o‘yinini Yaman o‘smirlariga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv o‘zbekistonlik sportchilar ustunligida o‘tdi va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. Yagona gol 69-daqiqada Asadbek Sobirjonov tomonidan kiritildi. Ushbu o‘yindan so‘ng O‘zbekiston 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.

Guruhning ikkinchi o‘yini bugun, 19:30da KXDR va Tailand o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, 2-tur

"D" guruhi

Yaman U-16 – O‘zbekiston U-16 - 0 : 1 

Gol: Asadbek Sobirjonov 69'

Ogohlantirishlar: Ixtiyor Xoldorov 55, Oston Urunov 76'

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid