Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabr holatiga ko‘ra ayol kishi bo‘lganligi sababli ishga qabul qilishni rad etish bo‘yicha 274ta holat aniqlangan
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mehnat munosabatlarida faolligini oshirish yuzasidan kompleks dasturlar ijrosining holati to‘g‘risida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyatining axboroti eshitildi.
Majlisda qayd etilganidek, hududlarda ayrim mahalliy ijro hokimiyati organlari va yo‘nalishlar bo‘yicha mas'ullar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi va aholini ish bilan ta'minlash borasidagi istiqbolsiz loyihalar o‘z vaqtida yangilab borilmaganligi oqibatida 2019 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasining 10 oylik maqsadli parametri Buxoro viloyati Shofirkon tumanida (84,3 foiz), Jizzax viloyati Baxmal (70 foiz) va Yangiobod tumanlarida (98 foiz), Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida (98 foiz), Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida (84,8 foiz) bajarilmagan.
Qayd etilishicha, mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini, erkaklar va ayollar teng huquqliligini ta'minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, mehnat huquqi va mehnatni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etilishi dinamikasi yuqoriligicha qolmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra ayol kishi bo‘lganligi sababli ishga qabul qilishni rad etish bo‘yicha 274 ta, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatish bo‘yicha 319 ta qonunbuzarlik va boshqa qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Ularning aksariyati asosan budjet tashkilotlari, ya'ni xalq ta'limi, maktabgacha ta'lim, oliy va o‘rta maxsus ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalariga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan majlisda davlat sektorida ushbu masalalar bo‘yicha nazorat va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi aytib o‘tildi.
Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
09:47 / 20.12.2025