Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10 aprelga qadar uzaytirildi
Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023-2024-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari ayrim talaba-o‘quvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish so‘nggi muddati joriy yil 10 apreliga qadar etib belgilandi.
Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:
- oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida o‘qishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni o‘zlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, to‘lovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
- xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalardan o‘qishini ko‘chirayotgan, ko‘chirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
- professional ta’lim muassasalari (kollej, texnikum)ga to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 07.03.2026
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
08:45 / 27.01.2026
1 fevraldan kambag‘al oilalar talabalariga kontrakt uchun davlat yordami beriladi
19:58 / 30.12.2025
Oliy ta’limda kontrakt to‘lash muddati 31 yanvarga qadar uzaytirildi
15:20 / 29.12.2025