O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan boshlab «Yoshlar daftari» jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ayrim ijtimoiy yordam turlari Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga yoshlar ijtimoiy shartnomasi asosida taqdim etiladi.
Shu doirada, kasbiy va oliy ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun to‘lov-kontrakt summasining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi belgilangan. Bunda to‘lovlar o‘quvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, mazkur yordamning umumiy miqdori bir o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim.
Mazkur tartib prezidentning 2025 yil 20 noyabrdagi PF-222-son farmonida nazarda tutilgan.











