Jamiyat | 21:21 / 18.12.2025
1897
5 daqiqa o‘qiladi

Intellektual olimpiada o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 6 ta yo‘nalishda - “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha bellashuv olib bordi.

Toshkentda 18 dekabr kuni oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiada o‘yinlari yakunlandi. Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

21 noyabr kuni barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilgan edi. Unda 132 ta OTM jamoalari hamda 1056 nafar talaba ishtirok etib, ulardan eng kuchli 50 ta OTM hamda 550 nafar talaba turnirning final bosqichiga yo‘l oldi.

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 6 ta yo‘nalishda - “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha bellashuv olib bordi.

Turnirning sovrin jamg‘armasi 5 mlrd 400 million so‘mni tashkil etdi. Shundan 4,5 mlrd so‘m prezident sovg‘asi sifatida quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topshirildi:

1-o‘rin - O‘zbekiston milliy universiteti (2 mlrd so‘m);

2-o‘rin - Toshkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd so‘m);

3-o‘rin - Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd so‘m).

Intellektual olimpiada doirasidagi barcha yo‘nalish g‘oliblari:

Breyn-ring o‘yinida:

1-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti (100 mln so‘m);

2-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali (60 mln so‘m);

3-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti (40 mln so‘m).

“Zakovat” o‘yinida:

1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti (100 mln so‘m);

2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti (60 mln so‘m);

3-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti (40 mln so‘m).

Erudit-kvartet o‘yinida:

1-o‘rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti (100 mln so‘m);

2-o‘rin: Fan va texnologiyalar universiteti (60 mln so‘m);

3-o‘rin: Urganch davlat universiteti (40 mln so‘m).

Shaxsiy o‘yinda:

1-o‘rin: Diyorbek Mahmudjonov (International school of finance technology and science) - 30 mln so‘m;

2-o‘rin: Sardor Abdusodiqov (O‘zbekiston Milliy universiteti) - 20 mln so‘m;

3-o‘rin: Shohrux Bo‘riyev (Buxoro davlat universiteti) - 10 mln so‘m.

Shaxmat (o‘g‘il bolalar):

1-o‘rin: Uchqun Umirov (Samarqand davlat pedagogika instituti) - 30 mln so‘m

2-o‘rin: Sherzod Samandarov (Toshkent davlat tibbiyot universiteti) - 20 mln so‘m

3-o‘rin: Abdulaziz Kurbanov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) - 10 mln so‘m.

Shaxmat (qiz bolalar):

1-o‘rin: Sitora Saparova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) - 30 mln so‘m

2-o‘rin: Yuliya Xegay (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)

3-o‘rin: Zuxra Alaxonova (O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali).

Shashka (o‘g‘il bolalar):

1-o‘rin: Behruz Yo‘ldoshev (Fan va texnologiyalar universiteti) - 30 mln so‘m;

2-o‘rin: Javohir To‘xtayev (Jizzax davlat pedagogika universiteti) - 20 mln so‘m;

3-o‘rin: Ahmad Rahimov (Buxoro davlat tibbiyot instituti).

Shashka (qiz bolalar):

1-o‘rin: Ferangiz Hasanova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti);

2-o‘rin: Asal Botirova (Yangi O‘zbekiston universiteti);

3-o‘rin: Maftuna Umarova (Fan va texnologiyalar universiteti) - 10 mln so‘m.

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi doirasidagi “Zakovat” o‘yini g‘olibi bo‘lgan ishtirokchilar ta’limning keyingi bosqichi - magistraturaga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Bundan tashqari, “Zakovat” o‘yini g‘olibi bo‘lgan jamoalarning har bir a’zosiga bir o‘quv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi. (1-o‘ringa 2 mln 60 ming so‘m, 2-o‘ringa 1 mln 648 ming so‘m, 3-o‘ringa 1 mln 236 ming so‘m).

Shu bilan birga, g‘olib va sovrindorlariga quyidagi imkoniyatlar ham beriladi:

- chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash yoki magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuboriladi;

- Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga oladi.

Mavzuga oid