Sport | 10:55 / 01.05.2018
8383
1 daqiqa o‘qiladi

Messi - o‘nta ko‘rsatkich bo‘yicha La Liga peshqadami

Foto: express.co.uk

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi ajoyib o‘yin bilan birga, zo‘r statistikani ham namoyish qilmoqda.

Ayni paytda, u o‘nta ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada peshqadamlik qilyapti.

Xususan, Lionel Messi — Primerada eng ko‘p gol urgan - 32ta, shulardan 8tasini uzoq masofadan, 6tasini jarima zarbasidan so‘ng urgan.

Shuningdek, Messi hisobida:
- 12ta golli uzatma
- 187ta zarba
- 82ta xavfli vaziyat
- 269ta dribling 
- raqib maydonida 1484ta uzatma
- 16ta kesma uzatma
- raqib jarima maydonida 282 marta to‘pga tegish. 

Mavzuga oid