Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati kuchayadi
Foto: Norma.uz
2017 yilning 22 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari qonun loyihalarini ko‘rib chiqishdan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqiga o‘z munosabatlarini bildirdilar. Ta'kidlandiki, davlat rahbarining mazkur nutqi chinakamiga tarixiy ahamiyatga ega. O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro siyosatning eng muhim yo‘nalishlariga doir yuksak minbardan bayon qilingan tashabbuslari keng siyosiy doiralar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlandi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu nutqining, davlat siyosati eng muhim yo‘nalishlariga taalluqli amaliy takliflarining, fikr-mulohazalarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan saylovchilar, keng jamoatchilik o‘rtasida axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalar bildirdilar. Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan tashabbuslarni huquqiy jihatdan ta'minlashning muhimligi qayd etildi.
Shundan so‘ng deputatlar bir qator qonun loyihalarini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga kirishdilar. Xususan, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Oila, Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari va boshqa qonun hujjatlari muhokama qilindi.
Mamlakatning bugungi tutgan siyosiy yo‘liga muvofiq «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan prinsipni mamlakatda xalq hokimiyatini nomigagina emas, haqiqiy qiluvchi mexanizmlarni kuchaytirish orqali amalga oshirish demokratik davlatni va adolatli jamiyatni barpo etishda ustuvor ahamiyat kasb etadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq normativ-huquqiy bazani yanada rivojlantirish maqsadida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan huquqining ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga chaqiradi. Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratining shakllari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, jamoatchilik nazorati sub'yektlarining huquq va majburiyatlari ochib berilgan.
Mavzuga oid
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025