Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat mamlakatlar o‘rtasida madaniy, ilm-fan, ta'lim almashinuviga, investitsion iqlimni yaxshilashga va mamlakat turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi fuqarolari uchun tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud bo‘lgan shartlarda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilandi.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
18:00 / 01.12.2024
O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin
20:08 / 27.11.2024
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimi joriy etilishi kutilmayapti
08:43 / 26.11.2024
O‘zbek diplomatlari Xitoy rasmiylari bilan vizasiz rejim masalasida muzokara o‘tkazdi
14:02 / 16.11.2024