O‘zbekiston | 18:11 / 11.10.2022
4923
2 daqiqa o‘qiladi

«Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak» - Shavkat Mirziyoyev

Prezident aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldinda ko‘plab vazifalar turgani haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirgan.

Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.

«Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi.

Aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi. Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur», degan prezident.

Mavzuga oid