Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin ishlab chiqarish yanada kamaydi
Foto: REUTERS
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 13,2 foizga kamaydi.
Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 873,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 758,1 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 5,4 foiz. 2018 yilda 806,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 763,4 ming tonna.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-sentabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga qisqartirdi - 524,9 ming tonnagacha.
2019 yil yanvar-sentabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 45,05 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 0,8 foizga kam.
2019 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 1,56 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga kamdir.
Mavzuga oid
17:50 / 19.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
14:25 / 19.01.2026
Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi
13:12 / 19.01.2026
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
12:25 / 19.01.2026