Jahon | 18:52 / 30.06.2017
19590
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva shahri va viloyatida kuchli jala vaqtida uch kishi halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Moskva shahri va viloyatida yuz bergan kuchli jala vaqtida uch kishi halok bo‘ldi va kamida besh inson jarohat oldi. Bu haqda Lenta.ru huquq-tartibot idoralaridagi manbaga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yangi Moskva hududida kuchli shamol natijasida yuk mashinasidan beton halqa tushib ketgan. U ikki erkakni bosib qolgan. Ulardan biri hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi, ikkinchisi tez yordam mashinasida vafot etdi.

Bundan tashqari, Dmitrovda soat 14:00 da 33 yoshli erkakni yashin urdi, u ham halok bo‘ldi.

Moskvada hozircha uch inson jabrlangani haqida ma'lumotlar bor: Mironov ko‘chasida shamol tufayli qulagan daraxt 50 yoshli ayolning ustiga tushgan, u shifoxonaga olib ketildi. Glavnaya alleya ko‘chasida ham ikki kishi – erkak va ayol daraxt qulashidan jabrlandi.

Moskva viloyatining Ramenskoye shahrida daraxt ikki ayolni bosib qoldi. Ular ham shifoxonaga yetkazildi.

Mavzuga oid