O‘zbekiston | 10:09 / 22.08.2022
17908
3 daqiqa o‘qiladi

1 sentabrdan boshlab fuqarolarga ichki turizm uchun keshbek to‘lanadi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi hamkorligida «Keshbek» tizimi taqdim etiladi.

Foto: Kun.uz

2022 yil 1 sentabrdan boshlab «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Sayohat qil va keshbek ishla» shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston fuqarolariga xarajatlari bir qismi qaytarib beriladi.

«Sayohat uchun keshbek» platformasi bilan ishlash oson. Buning uchun:

Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olish;

  • mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun FaceID orqali shaxsni tizimda tasdiqlash;
  • sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlash;
  • keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temiryo‘l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritish;
  • maroqli sayohatdan so‘ng «Sayohatni tugatish» tugmasini bosish va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o‘tkazish lozim.

Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasi maxsus mobil ilovasi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid cheki matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlar doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi: avia, temiryo‘l va avtobusdan foydalanish; joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish; madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

  • aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxi 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • temiryo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxi 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • joylashtirish vositasida tunab qolish xarajati 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxi 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlar bank kartalariga qaytariladi.

Mavzuga oid