Jamiyat | 21:24 / 24.01.2017
7212
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ish boshladi

Namangan viloyati Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Xabibullayevich Isomiddinovning virtual qabulxonasi ish boshladi. 

Sizda Namangan viloyati bo‘ylab arxitektura va qurilish sohasida hal yetilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Namangan viloyati Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘iga ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish yoki yangi ish boshlagan virtual qabulxonaga murojaat yuborish orqali hal eting. 

Boshqarmaning veb-saytida http://rahbar.namangan-aqbb.uz/ veb-manzili orqali murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilinadi. Shuningdek, murojaatlarni boshqarmaning (0369) 227-81-21 raqamli “Ishonch telefoni” orqali amalga oshirish mumkin. Virtual qabulxona sayti nafaqat murojaatlar jo‘natish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. 

Temurmalik VOHIDOV

Mavzuga oid