Aholi va tadbirkorlarning valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlar keskin oshgan
Iyun oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 13,3 foizni, tadbirkorlik sub’yektlari kutilmalari esa 13,2 foizni tashkil qilgan. Har ikkala toifa ham valuta kursining o‘zgarishi hamda ish haqi va nafaqalarning oshishini narxlarga eng ko‘p bosim o‘tkazuvchi omillar sifatida keltirib o‘tgan.
Markaziy bank iyun oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha malumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 0,4 foiz bandga pasayib, 13,3 foizni tashkil qilgan.
Aholi kelgusida narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursi o‘zgarishi (50 foiz);
- ish haqi va nafaqalarning oshishi (40 foiz);
- bozorlarda monopoliyaning mavjudligi (38 foiz);
- narxlarning sun’iy oshirilishi (34 foiz).
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Iyun oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 13,2 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.
Biznes vakillari narxlar oshishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursining o‘zgarishi (55 foiz);
- ish haqi va nafaqalarning oshishi (39 foiz);
- yoqilg‘i mahsulotlari va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi (32 foiz).
Shuningdek, iyun oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,9 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 17 foiz, Buxoro – 13,5 foiz, va Samarqand viloyatida 13,3 – foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 10,7 foiz, Jizzax – 11 foiz va Surxondaryo viloyatida – 11,7 foiz sezilgan.
Iste’molchilar tomonidan narxlari yuqori o‘sganligi qayd etilgan tovar va xizmatlar:
- shakar va qandolat mahsulotlari – 37,1 foiz (jami respondentlarning ulushida)
- go‘sht va sut mahsulotlari – 33,4 foiz;
- qurilish mollari – 33,1 foiz;
- dorilar – 24,1 foiz.
Mavzuga oid
21:21
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
15:11 / 05.11.2024