Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qadimgi Misr bo‘yicha ommabop afsonalardan biri rad etildi
Foto: Lovell & Palichuk, Bioarchaeology of Marginalized People, 2019
Kanadadagi Alberta universiteti olimlari 70-yillarda Mendes nekropolida topilgan qadimgi misrlik ayol qoldiqlarini o‘rganib chiqishdi va u erkaklarga xos bo‘lgan kasb bilan shug‘ullangani hamda papirusdan maishiy buyumlarni tayyorlaganini aniqlashdi. Ilgari ayollarga bunday ishlar ruxsat berilmagan, deb hisoblanardi. Bu haqda Science Alert nashri xabar qilmoqda.
Tadqiqotchilar elektron mikroskopiya va mikrografiya yordamida to‘rt ming yil avval (eramizdan avvalgi 2181-2055 yillar) yashagan, 50 yoshdan katta bo‘lgan ayolning tishlarini tahlil qilishdi. Ular 24ta tishdan 16tasida yeyilish belgilarini topishgan. Xususan, yuqori jag‘dagi ikkita tishda pona shaklidagi buzilish izlari aniqlandi, qolgan o‘n to‘rtta tishda yeyilish kuzatildi. Bunday holat tishlari bilan o‘simlik materialiga ishlov bergan hunarmandlar uchun xosdir.
Olimlar so‘ziga ko‘ra, ayol papirusni qutilar va savatlar, shuningdek, shippaklar, pardalar va gilamchalar yasash uchun ishlatgan.
Ilgari Qadimgi Misrda ayollar faqatgina yettita kasb bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan, deb hisoblangan. Bu qabrlar devorlaridagi yozuvlar va tasvirlarda aks etgan. Ular ma'budlar ibodatxonalarida ishlashgan, qo‘shiqchilar, raqqosalar, musiqachilar, yig‘ichilar, to‘quvchilar va doyalar bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:52 / 20.01.2026
Suv yutib yuborgan 7 shahar: afsonalardan ilmiy xaritalargacha
13:52 / 25.07.2025
Odam faqat o‘zi xohlasa o‘zgaradi - ayollar ishonadigan eng katta afsona
13:00 / 19.03.2019
Qadimgi misrliklarda g‘ayrioddiy texnologiyalar bo‘lgani aniqlandi
17:30 / 12.10.2017