Ba'zi afsonalar şu qadar işonçli tuyuladiki, ular hatto maktab ta'limiga ham singib ketgan. Neça avlod vakillari ularga aldanib kelişadi. Bunda köpinça maktab öqituvçilari aybdor ham bölib çiqadi. Trendymen işonişga hojat qolmagan 10 afsonaga doir ma'lumotlari bilan bölişdi.

Buyuk Xitoy devori kosmosdan ham körinadi

Buyuk Xitoy devorini köpinça kosmosdan köriş mumkin bölgan yagona qölda bunyod etilgan predmet sifatida baholaşadi. Göyoki Oyga qöngan kosmonavtlar Yer sathida uni körişgan emiş. Aslida bu devor hatto past orbitadan ham körinmaydi. Atmosferadan taşqarida bölgan kosmonavtlarning guvohlik berişiça, Yerdagi hayotdan dalolat beruvçi yagona narsa - megapolislar gulxani va ekin maydonlari.

Bizda havorang qon bor

Öqituvçilar köpinça qiziqqan yoşlarga arterial qon alvon qizil rangda, venadagi tomir esa havorang bölişi, faqat kislorod ta'siri ostidagina qizil rangga aylanişini aytişadi. Göyoki xuddi şuning uçun teridagi şişlar kök rangda böladi. Aslida esa, kök venalar içida xuddi şunday qizil qon oqadi. Ularning taşqi tomondan kök rangda körinişiga tomirlar va venalar şakllanuvçi töqimalar birikmasi sabab böladi.

Biz miyaning atigi 10 foizidan foydalanamiz

Aksariyat odamlar miyasining bor-yöği 10 foizidan foydalanadi va faqat kamdan-kam daholar bundan ortiğini qöllaşi mumkin. Inson miyasida umuman foydalanilmagan qismlar bor. Professional olim-fiziologlarning fikriça, aslida biz miyamizning deyarli barça resurslaridan foydalanamiz va unda kun davomida işlamay turadigan birorta qism yöq. Ba'zi tadqiqotçilarga köra esa, har qanday vaqtda, hatto çuqur uyquda ham miyaning 10 foizi öz faolligini saqlab qoladi.

Beş hissiyot organi

Bizning beş hissiyot funksiyamiz bor: köriş, eşitiş, hid biliş, ta'm biliş va his etiş. Original beşburçakka birinçi marta Arastu tomonidan ta'rif berilgan, lekin bugungi kunda köp ekspertlar bu sxemani yanada mayda guruhlarga bölişadi. Masalan, miya predmetlarning rangi va şaklini anglaş uçun javobgar zonalarga ega. Uşbu fenomenlar tufayli ba'zi közi ojizlar öz atrofidagi predmetlarni taxminan taniy olişadi. Şuningdek, issiq va sovuqni his qiliş hamda içki organlarning xabar beruvçi signallarini ham odatiy sxemaga qöşiş mumkin.