Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasasi talabalari uchun to‘lov-shartnomasi narxi o‘zgarishsiz qoladi
Foto: KUN.UZ
2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi semestri davomida Oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-shartnomasi shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov summasi o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i Sarvarxon Buzrukxonovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta'minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan choralari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2017/2018 o‘quv yillarida to‘lov-shartnoma asosida oliy ta'lim muassasalarida o‘qish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 o‘quv yillari darajasida saqlanib qolinadi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha rejaga binoan qabul qilingan talabalar oliy ta'lim muassasasidagi birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng, keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
14:18 / 04.01.2021