O‘zbekiston | 11:25 / 02.09.2020
6698
4 daqiqa o‘qiladi

Oqsu daryosida GES quriladi

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2020 yildagi «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 497-sonli qarori qabul qilindi.

Foto : KUN.UZ /arxiv

Hujjat Prezidentning 2.05.2017 yildagi «2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2947-son va 9.01.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4563-son qarorlarini ijro etish maqsadida qabul qilingan.
 
Norma’ning yozishicha, qaror bilan quyidagilar ma'lumot uchun qabul qilindi:

  • Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashining 30.09.2019 yildagi qarori bilan «Barqaror gidroenergetika» («Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi») investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 25 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan $60 mln miqdorida kredit ajratilishi ma'qullandi;
  • loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi (TEA) Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan.

 Qarorda quyidagilar 2020-2022 yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati $75,3 mln.ga teng loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • $60 mln – OTB tomonidan ajratiladigan kredit;
  • $5,8 mln – O‘zbekiston Respublikasining ulushi (soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishidagi);
  • $9,5 mln – «O‘zbekgidroenergo» AJning o‘z mablag‘lari.

 Qaror bilan quyidagi tasdiqlandi:

  • «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
  • «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan OTB krediti bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz va vositachilik to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali.

 Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • «O‘zbekgidroenergo» AJ loyiha tashabbuskori, qarz oluvchi va loyihaning 2020-2022 yillar davomida samarali amalga oshirilishi va qarzdan maqsadli foydalanilishini uchun mas'ul hisoblanadi;
  • qarzni qaytarish va qarzga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar «O‘zbekgidroenergo» AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
  • «O‘zbekgidroenergo» AJning «1-son qurilishi Direksiyasi» DUK investitsiya loyihasining buyurtmachisi va ijro etuvchi tashkiloti hisoblanadi, shuningdek loyiha yechimlarini inshootlarning ishonchlilik va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishiga doir talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, investitsiya loyihasi bo‘yicha uskunalar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni kuzatish va texnik nazorat hamda qabul qilib olish va foydalanish uchun mas'ul hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyati hokimligiga GES va elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun o‘z vaqtida yer uchastkalari ajratilishini ta'minlash, Qurilish vazirligiga esa qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi monitoring qilish topshirildi.
 
Hujjat 22.08.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid