Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda balandligi 500 metrdan ziyod binolar qurish taqiqlandi
Xitoy rivojlanish va islohotlar komissiyasi Shenchjyendagi 73 qavatli SEG Plaza inshooti hech bir sababsiz chayqalganidan ikki oy o‘tib ana shunday cheklovni joriy etdi.
Foto: VCG
Xitoy hukumati 500 metrdan baland binolar qurilishini taqiqladi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 250 metrdan baland binolar qat'iy cheklovlar asosida quriladi, 100 metrdan baland bo‘lgan binolar esa tegishli talablarga muvofiq holda qurilishi lozim.
Xitoy rivojlanish va islohotlar komissiyasi Shenchjyendagi 73 qavatli SEG Plaza inshooti hech bir sababsiz chayqalganidan ikki oy o‘tib, ana shunday cheklovni joriy etdi.
Yangi cheklov Xitoyda boshlangan qurilish sur'atini sekinlashtirishi kutilmoqda. Dunyodagi eng baland 100ta binoning qariyb yarmi ushbu mamlakatda joylashgan.
Mavzuga oid
20:23 / 25.12.2025
5 ta qurilish kompaniyasiga 6,7 mlrd so‘mni iste’molchilarga qaytarish yuklatildi
20:01 / 25.12.2025
1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
12:35 / 20.12.2025