Jahon | 16:42 / 10.02.2018
15512
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaraning bahsli qismida konteyner o‘rniga ko‘prik o‘rnatadi

Foto: Kloop.kg

Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat vaqtinchalik keskinlashganidan so‘ng, ikki mamlakat rasmiylari Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Gulakandoz kanali orqali yangi ko‘prik qurishga kelishib oldilar. Bu haqda viloyat ma'muriyatining matbuot kotibi Cho‘lpon Berdiqulova xabar berdi, deb yozmoqda Kloop.kg. 

Ko‘prik mahalliy aholi tomonidan kanaldan o‘tish uchun o‘rnatilgan konteynerni almashtirishi kerak. Qirg‘iziston chegara xizmatidan aytishlaricha, Botken viloyatidagi Say qishlog‘ining aholisi kanalda konteynerni o‘quvchilar uchun qo‘yib berishgan. Ular o‘tish joyi yo‘qligidan katta masofani piyoda bosib o‘tishlari hamda chegaradan o‘tib, mashg‘ulotlarga borishlari talab etilgan.

«Qirg‘iziston qishlog‘ida yashovchi aholi maktabga borish uchun har kuni uzoq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘lgan o‘quvchilariga Gulandoz kanali orqali ko‘prik qurdi. Shu bilan birga, mahalliy aholi vakillari so‘zlariga ko‘ra, tojik chegarachilari maktab o‘quvchilari uchun harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda», - deya ta'kidlangan edi Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar va axborot bo‘limi bayonotida.

8 fevral kuni Tojikiston tomoni bir tomonlama asosda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasidagi «Kulundu-avtodorojnyy» va «Kayragach-avtodorojnyy» punktlarida fuqarolar, transport vositalari hamda yuklar o‘tishini vaqtinchalik to‘xtatdi.

Muzokaralar yakunlanganidan keyin nazorat punktlari ochilib, oddiy rejimda ishlay boshladi. Tojikiston chegara xizmati bu masalani izohlamadi.

Mavzuga oid