Jahon | 23:25 / 09.12.2017
6114
1 daqiqa o‘qiladi

Alfa Romeo, Ferrari va Maserati avtomobillarida mexanik uzatmalar qutisidan voz kechiladi  

Foto: Getty Images

Alfa Romeo va Maserati kompaniyalari injiniring bo‘limi boshlig‘i Roberto Fedeli Britaniya OAVga bergan intervyusida yaqin orada Alfa Romeo, Ferrari va Maserati markalari avtomobillarida mexanik uzatmalar qutisi boshqa qo‘llanmasligini ma'lum qildi.  

Mexanik uzatmalar qutisidan voz kechilishiga sabab bunday uzatmalar qutisiga ega superkarlarning xaridorlar orasida talabgir emasligi hisoblanadi. Fedelining aytishicha, u “Ferrari”da California rodsteri ustida ishlaganda kompaniya ushbu modelning mexanik uzatmalar qutisiga ega versiyasini yaratish uchun 10 mln yevrodan ko‘proq sarflagan, biroq bunday modifikatsiyadagi mashinadan bor-yo‘g‘i 2 dona sota olgan. 

Ushbu markalarga egalik qiluvchi Fiat Chrysler Automobiles bunday modifikatsiyadagi mashinalarni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqmasligi sababli ularning mexanik uzatmalar qutisi qo‘llangan versiyalaridan to‘liq voz kechishga qaror qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid