AQŞda ilgari prezident Donald Trampga tegişli bölgan ikki örinli Ferrari F430 Coupe avtomobili auksionda sotiladi. Rockstar avtomobil auksion uyi veb-saytida xabar berilişiça, siyosatçi bu maşinani 2007 yilda, sotuvga çiqarilgan zahoti sotib olgan.
Maşina çindan ham Trampga tegişli ekanini isbotlaş maqsadida, Rockstar DJT (Donald John Trump qisqartmasi) harflari tuşirilgan hujjatlar va davlat raqamini e’lon qildi. Siyosatçi avtomobilga qança vaqt egalik qilgani hozirça noma’lum.
Auksion uyi sportkarni 1 million dollarga baholadi. Auto Bild nemis naşri ma’lumotlariga köra, bu avtomobilning bozor narxidan beş baravar qimmat. Xususan, Germaniyada bunday avtomobillar odatda 150-180 ming dollarga sotiladi.
Lotning tavsifida maşina a’lo darajada ekani körsatilgan. Ferrari biror marta avariyaga uçramagan, böyoği esa maxsus plyonka bilan himoyalangan. Avtomobil rangi qizil, oç jigarrangdagi saloni mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Sportkar 3,9 soniyada 100 km/soatgaça tezlaşadi, uning eng yuqori tezligi esa 315 km/soatni taşkil etadi.
Auksion 16 fevraldan 9 martgaça bölib ötadi. Rockstar saytida allaqaçon avtomobil uçun stavkalar qabul qilinmoqda.
2024 yilda Donald Trampning noyob Lamborghini Diablo VT Roadster avtomobili 1,1 million AQŞ dollariga sotilgandi. “Çempionat” naşrining yozişiça, mazkur avtomobil 1997 yilda şaxsiy buyurtma asosida işlab çiqarilgan.
















