Sport | 14:35 / 27.09.2017
13504
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Hakamlar Ramos darvoza oldida to‘pni qo‘l bilan qaytarganini ko‘rishmadi

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida «Borussiya» va «Real» o‘rtasida kechgan uchrashuvda ishlagan niderlandiyalik Born Kyuypers boshchiligidagi hakamlar brigadasi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi.

Hakamlar madridliklar himoyachisi Serxio Ramos o‘z jamoasi darvozasi chizig‘i yaqinida to‘pni qo‘li bilan qaytarganini ko‘rishmadi. 

Bu holat o‘yinning 14-daqiqasida, hali hisob 0:0 bo‘lib turganida ro‘y berdi. Ispaniyalik futbolchi to‘p yo‘lidan chiqqan, u qo‘li bilan to‘pni tepaga urgan, keyinroq Isko uni maydondan tashqariga chiqarib yuborgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid