KJÇ. Çorakfinal
«Real» — «Borussiya» D 3:2
5 iyul. Nyu York. «Metlayf stedium»
Gollar: Gonsalo Garsiya (10), Fran Garsiya (20), Mbappe (90+4) — Bayyer (90+3), Girassi (90+8, penalti).
«Real» — Kurtua, Trent (Sebalos, 67), Ryudiger, Çuameni (Asensio, 84), Hausen, Fran Garsiya, Valverde, Guler, Bellinghem (Mbappe, 67), Vinisius (Modriç, 67), Gonsalo Garsiya (Rodrigo, 86).
«Borussiya» D — Kobel, Zyule (Koutu, 46), Anton, Bensebayni, Ryuerson, Gross (Nmeça, 46), Zabitser, Brandt (Duranvil 63, Çukvuemeka 82), Svensson, Adeyyemi (Bayyer, 46), Girassi.
Ogohlantirişlar: Gross (37), Koutu (63), Mbappe (90+7).
Çetlatiş: Hausen (90+6).

«Real» çorakfinalning yakuniy öyinida Dortmundning «Borussiya» klubini mağlub etdi va yarimfinalda «PSJ»ga qarşi öynaydigan böldi. 9 iyul kuni Mbappe özi mojaroli tarzda tark etgan sobiq klubidagi sobiq jamoadoşlariga qarşi maydonga çiqadi.

Öyindagi ilk golli vaziyatni «Borussiya» yuzaga keltirdi. Çap qanotdan kross uzatmaga Brandt yetib bordi, uning örnida şu kuni Job Bellinghem öynaşi mumkin edi, ammo u 1/8 final öyinida ikkinçi sariq kartoçkasini olib, diskvalifikatsiyaga uçragan va «Real»dagi akasiga qarşi öyinga çiqa olmaydigan bölgandi. Dortmundliklar sardori esa öz imkoniyatidan foydalana olmadi – uning zarbasidan keyin töp darvoza sohasiga töğri bormadi. Keyin esa «Real» darajadagi ustunlikdan foydalandi.

Avvaliga Xabi Alonso 3-5-2 sxemasida öynayotgandek tasavvur uyğotgandi. Ammo keyin barçasi oydinlaşdi – «Borussiya»ning 3-5-2 (hatto 5-3-2 deyiş mumkin) sxemasiga qarşi son jihatdan ustunlikka erişiş uçun Tçuameni oldinroqqa çiqib harakatlandi. Şu bilan birga, hisob 0:0 ekanida hujumlarni boşlaş uçun goh Jud orqaroqqa tuşib harakatlandi, goh Guler himoyaçilar va fransuz tayanç yarimhimoyaçisidan ham orqaroqda joylaşdi. Madridliklar asosan Fran Garsiyaning çap qanotidan hujum uyuştirişdi. U yaratib bergan ilk vaziyatdan Gonsalo foydalana olmadi. 10-daqiqada esa «Real» çap qanotdan yana bir hujum uyuştirdi va qöriqçisiz qoldirilgan Gulerning uzatmasidan keyin uşbu markaziy forvard klublar mundialidagi törtinçi golni urdi. Uşbu turnirgaça ikkinçi jamoada öynagan va Mbappening salomatligidagi muammo tufayli asosiy jamoaga jalb etilgan 21 yoşli futbolçi turnir kaşfiyoti maqomini allaqaçon öziniki qildi.

Gonsaloning aniq zarbasi – «Real»da darvoza sohasiga borgan ilk zarba edi. Yoş töpurar «qaymoqranglilar»ning 10 daqiqa ötib urgan ikkinçi golida ham iştirok etdi. U öng qanotda jarima maydoni çiziği oldida oçilgan Trentni töp bilan ta’minladi, angliyalik himoyaçi esa markazga yetib kelgan Fran Garsiyaga golli pas berdi.