O‘zbekistonda milliy loukoster tashkil etiladi. Moskvaga uchish 100 dollarga tushishi mumkin
Milliy aviakompaniya (MAK) o‘z loukosteri faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. KUN.UZ muxbiri 28 fevral kuni Xalqaro Press-klubda Turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda MAK raisining birinchi o‘rinbosari Umid Husanovning so‘zlariga asoslanib shu haqida xabar berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, loukoster «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning sho‘'ba korxonasi bo‘ladi. Husanovning aytishicha, hozirda milliy aviatashuvchi jahonning ilg‘or tajribalarini o‘rganmoqda, jumladan Rossiya Federatsiyasining «Aeroflot» va uning byudjyet aviakompaniyasi hisoblangan «Pobeda» tajribasini.
MAK vakilining so‘zlariga ko‘ra, byudjyet aviakompaniya faoliyati sayyohlar oqimiga yo‘naltiriladi va uning asosiy yo‘nalishlari - Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Misr arab respublikasi bo‘lishi kutilmoqda.

Gazeta.uz'ning yozishicha, ekspert aviareyslar chiptalari narxlari qator omillarga bog‘liq ekanini alohida qayd etib o‘tdi. U Toshkent-Moskva reysi chiptasi qiymati 100 dollar atrofida bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi (bugungi kunda «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Toshkent—Moskva» yo‘nalishidagi reyslariga chipta narxi 300—350 dollardan boshlanadi).
Bundan tashqari, Umid Husanov yaqinlashib kelayotgan «Navro‘z» bayrami munosabati bilan beriladigan 5 kunlik dam olish kunlari, ya'ni Golden Week'da aviareyslar chiptalari narxiga turiga qarab 5 foizdan 50 foizgacha chegirmalar e'lon qilinishini ma'lum qildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov o‘zbekistonliklarni «Oltin haftalik» sayohatlarini oldindan rejalashtirishni va bunga ertaroq harakat boshlashni tavsiya qildi.
Mavzuga oid

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

19:33 / 23.01.2025
Shakarob dunyoning eng yomon taomlari reytingiga kiritildi

17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?

18:15 / 17.01.2025