Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
2025 yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga xalqaro turistlar oqimi 2019 yilning mos davriga nisbatan 73 foizga oshgan. Bundan yaxshiroq natijalar faqat Butan (+203 foiz), Qatar (+138 foiz), El Salvador (+88 foiz), Albaniya (+83 foiz) va Bahraynda (+76 foiz) qayd etilgan.
Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan e’lon qilingan so‘nggi tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha dunyo miqyosida eng yuqori o‘sish qayd etilgan top-7 davlatlar qatoriga kirdi.

Xususan, mamlakatga tashrif buyurgan xalqaro turistlar oqimi 2019 yil darajasiga nisbatan 73 foizga oshgan. Bu borada O‘zbekistonga nisbatan yaxshiroq natijalar faqat Butan (+203 foiz), Qatar (+138 foiz), El Salvador (+88 foiz), Albaniya (+83 foiz) va Bahraynda (+76 foiz) qayd etilgan.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga kelgan xalqaro turistlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 13 foizga ko‘paygan. Bu Yevropa mintaqasida Isroil (+23 foiz), Finlandiya (+15 foiz) va Norvegiyadan (+14 foiz) keyingi eng yaxshi to‘rtinchi ko‘rsatkich.

Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
11:00 / 10.06.2026