«Bu idoralararo kelishuv asosida hal qilinadi». AKT vaziri O‘zbekistonda PayPal tizimiga ruxsat berilishi kutilayotganini aytdi
Joriy yilning 24 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jurnalist va blogerlar bilan ochiq muloqotda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov sohada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdi va savollarga javob berdi.
Shuhrat Sodiqov frilanserlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida Paypall xalqaro to‘lov tizimini O‘zbekistonda ham ishga tushirish haqidagi Kun.uz muxbirining savoliga javob berdi.
«O‘zbekistonda PayPal xalqaro to‘lov tizimidan foydalanish bo‘yicha bizga ham murojaatlar bo‘ladi. Bu faqat bizning vazirlik doirasidagi ish emas, bu Markaziy bank vakolatidagi masala. Bu idoralararo kelishuv asosida hal qilinadi. Masalaning boshqa taraflari, ya'ni PayPal to‘lov tizimining davlatlarga qo‘yadigan shartlari va Markaziy bankdan talab qilinadigan mas'uliyatlar ham bor», – dedi vazir.
Shuningdek, Shuhrat Sodiqov Markaziy bank hozirda PayPal bilan muzokaralarga kirishgani, O‘zbekistonda, albatta, bu tizimga ruxsat berilishi va raqobatchi sifatida mamlakatning o‘z pul o‘tkazish tizimi joriy qilinishini ma'lum qildi.
Tadbirda, shuningdek, Toshkent shahrida IT Park rezidentlari sonini ko‘paytirish va yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv.m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT Park infratuzilmasi obektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilgani aytildi.
Mehmonlar uchun IT Park ofisi, qurilish ishlari amalga oshirilayotgan hududlar hamda Toshkent teleminorasiga press-tur o‘tkazildi.
Mavzuga oid
14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi
13:10 / 07.02.2024
Shuhrat Sodiqov bosh vazir kotibiyati rahbari etib tayinlandi
13:30 / 02.01.2024
O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda
16:04 / 19.11.2023