Unda ta’kidlanganidek, bugungi kunda Özbekiston AKT sohasini rivojlantiriş yölida işonçli qadamlar taşlamoqda.
«Bugungi kunda «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasi doirasida respublika oldida ulkan vazifalar turibdi. IT sohasining asosiy vazifasi tegişli xizmatlar eksporti hajmini yiliga beş milliard dollarga yetkazişdir. Şu maqsadlarda xorijiy kompaniyalarni jalb etiş va malakali kadrlar tayyorlaş uçun qulay şart-şaroitlar yaratilmoqda, maxsus davlat dasturlari, şuningdek, IT kompaniyalar uçun imtiyoz va preferensiyalar yölga qöyilmoqda», deb ta’kidlangan materialda.
Naşrda xabar qilinişiça, mazkur jabhada 100 000 dan ortiq odam işlaydi va bozor hajmi milliard dollarga yaqinlaşmoqda. Yil oxiriga qadar IT xizmatlari eksporti hajmi 300 million dollarga yetişi kutilmoqda.
«Mamlakat böylab ön mingdan ortiq maktab yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. English speaking nation va IT-nation loyihalari doirasida raqamli ta’lim ekotizimi şakllantirildi. Bu esa bolalarga maktabdan boşlab sohaga kiriş imkonini bermoqda», - deb yozgan «Infozakon».













