18 sentabr kuni Toşkent şahrining CAEx majmuasida ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida Özbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bölib ötadi. Forum IT sohasida ikki mamlakat vakillari, ilmiy doiralar va biznes vakillarini birlaştiriş imkoniyatini beradi.
Unda AKT siyosati va raqamli hukumat, davlat va xususiy sektorda 5G roli, raqamli könikmalar va ta’lim, sun’iy intellekt sohalarida zamonaviy ilğor tajribalar, yeçimlar va muammolar haqida ma’lumot almaşiş imkoni böladi.
Forumda Özbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi va AKT sohasidagi tegişli idoralar vakillari bilan bir qatorda Latviya tomonidan Aqlli ma’muriyat va mintaqaviy rivojlaniş vazirligi, Elektron kommunikatsiyalar ofisi, Latviya IT klasteri, “Tilde” kompaniyasi, şuningdek Riga texnika universiteti va boşqa ta’lim sohasidagi taşkilotlari vakillari iştirok etadi.
Latviya va Özbekiston an’anaviy ravişda Yevropa va Markaziy Osiyoni boğlovçi yaqin aloqa va savdo aloqalariga ega. Bugungi kunda har ikki mamlakatda raqamli transformatsiya hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar mavjud. Latviya davlat xizmatlarini raqamlaştiriş hamda IT eksporti böyiça yetakçi mamlakatlar qatorida sanaladi.
Özbekiston özining jadal rivojlanayotgan AKT sohasi, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş dasturlari, istiqbolli rejalari bilan Latviya kompaniyalari va investorlari uçun jozibador sanaladi. Özbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi ikki mamlakat örtasida IT sohasida tajriba almaşiş va hamkorlik örnatiş imkonini beradi.












