Kobulda portlash, o‘nlab qurbonlar bor
Afg‘oniston poytaxti Kobulda yuz bergan portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash mamlakat IIV sobiq binosining yonidagi Sadorat chorrahasida yuz bergan. 17 kishi halok bo‘lgani, taxminan 110 inson jabrlangani aytilmoqda.
Ta'kidlanishicha, portlash politsiya nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. Bu haqda Reuters voqeaga guvoh bo‘lganlarga asosan xabar qilmoqda.
Bomba tez yordam mashinasiga joylashtirilgan, u nazorat-o‘tkazish punktiga yaqinlashgan vaqtda portlab ketgan. Hodisa hukumat muassasalari va xorijiy elchixonalar joylashgan tumanda ro‘y berdi.
Associated Press ma'lumotiga ko‘ra, portlash uchun mas'uliyatni "Tolibon" radikal harakati o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024