Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, uşbu yuk “Termez Cargo Centre” maydonida şakllantirilgan. Gumanitar yordam tarkibidan asosan oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinçi yordam körsatiş uçun zarur bölgan boşqa vositalar örin oldi.
Balx viloyati gubernatori örinbosari Abu Idris Özbekiston prezidentiga Afğoniston xalqini muntazam qöllab-quvvatlab kelayotgani va ğamxörligi uçun alohida minnatdorlik bildirgan.

Bu Özbekiston prezidentining Afğoniston xalqiga bölgan çinakam birodarlik munosabatining yana bir yorqin ifodasidir, deyiladi vazirlik axborotida.
Uşbu yordam yaqinda Afğonistonning şimoliy hududlarida yuz bergan kuçli suv toşqinlaridan zarar körgan Balx, Badaxşon, Bağlon va boşqa hududlar aholisiga yetkaziladi.

Eslatib ötamiz, bu 2026 yil davomida Afğoniston xalqiga yuborilgan ikkinçi gumanitar yordam hisoblanadi. Taşqi işlar vazirligiga köra, Kobul Özbekistonning özaro munosabatlarni mustahkamlaş va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş doirasidagi qadamlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida esa afğon mahsulotlari eksporti hajmi sezilarli oşmoqda, Afğoniston xalqining ijtimoiy-iqtisodiy holati va farovonligi yaxşilanyapti.













