Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB Toshkentda fuqaroga 10 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi
Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘lim ish yurituvida, Toshkent shahar Chilonzor tuman 1-sonli davlat notarial idorasining 01.02.2019 yilgi ijro xatiga ko‘ra, qarzdor M.Tashkenbayev hamda uning qarzdorlik bo‘yicha kafili «Steel Aura Business» MChJ.dan undiruvchi S.Ibroximov foydasiga 10 mlrd. 502 mln. 67 ming so‘m miqdorida qarz undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati ijro qilish uchun Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida 2019 yil 5 fevral kuni kelib tushgan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi qarzdorga taqdim etilgan va ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy bajarish uchun qarzdorga muddat belgilanib ogohlantirilgan.
Qarzdor dastlab belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lamagani bois, qarzdorlikni ish bo‘yicha kafili «Steel Aura Business» MChJning hisob raqamlariga band solingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning ish bo‘yicha kafili «Steel Aura Business» MChJning hisob raqamidan 10 mlrd. 502 mln. 67 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirilib, undiruvchining arizasida ko‘rsatilgan hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Mavzuga oid
09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
11:57 / 21.05.2025