Toşkent şahri, Uçtepa tumanining Farhod köçasida joylaşgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida 12 nafar şaxsdan iborat jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Qayd qilinişiça, jinoiy guruh a’zolari mijozning maşinasiga uning ruxsatisiz va oldindan kelişmagan holda turli jihozlar örnatib, texnik xizmat körsatgan. Şundan söng, uşbu xizmat bozor narxida 600 AQŞ dollari bölişiga qaramasdan, fuqarodan 13300 AQŞ dollarini tovlamaçilik yöli bilan undirgan. E’tiroz bildirgan mijozga qörqitiş yöli bilan tahdid qilişgan.

Yana bir şunga öxşaş holatda jinoiy guruh a’zolari boşqa bir fuqaroning avtomaşinasiga uning roziligisiz turli ehtiyot qismlarni örnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilgan. Aniqlanişiça, ular avtomaşina kalitini fuqarodan olib qöyib, tazyiq ötkaziş orqali 15 mln söm undirişgan.

Bundan taşqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomaşinasini qöşimça ehtiyot qismlar bilan jihozlaş uçun ulardan 70 mln söm miqdorida pul olib, va’da qilingan işni bajarmagan.

Ta’kidlanişiça, jinoiy guruh a’zolarining köpçiligi Toşkent şahri, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tuğilgan bölib, aksariyati muqaddam sudlangan şaxslar.

Holat böyiça Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, qölga olinganlarga qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.