Bo‘zatovda O‘zbekistondagi eng kam o‘quvchi ta'lim oladigan maktab filiali qulash arafasida
Bo‘zatov tumanida joylashgan 11-maktab filiali ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan. U qulash arafasida turibdi.
Maktab filiali “Aspantay” OFY markazida joylashgan bo‘lib, unga olib boruvchi yo‘llar juda abgor holatga kelgan. Ovuldagilarning aytishicha, 1-maktab filiali ta'mirtalab ahvolga tushib qolgan.
Maktab filialida faqat boshlang‘ich sinflar o‘qishi mumkin. O‘quvchilar 5-sinfdan markazdagi maktabga qatnashadi. Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinishicha, maktabda bor-yo‘g‘i 4 nafar o‘quvchi ta'lim oladi: 4-sinfda 1 nafar, 3-sinfda 2 nafar, 2-sinfda 1 nafar o‘quvchi bitta sinfda o‘qiydi.
Bundan avval Senat raisi Beruniyda 420 mln so‘mga qurildi, deb ko‘rsatilgan maktab filiali bo‘m-bo‘sh yer bo‘lib chiqqani haqida aytgandi. Shuningdek, Kegeylidagi maktabni ta'mirlashda 104,8 mln so‘mlik, Chimboydagi maktab filiali binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘dan 105 mln so‘mlik, Ellikqal'adagi maktab mas'ullari qariyb 0,5 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilib yuborilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Avvalroq Chimboy va Kegeylidagi o‘quvchilar maktabga eshakda qatnashi haqida yozgandik.
Mavzuga oid
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
12:58 / 17.10.2024
Sirdaryoda 1-sinf o‘quvchisi igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda
12:10 / 10.10.2024
200 ming so‘mlik ijara va uch o‘lim: Namangandagi maktab o‘quvchisi sodir etgan ayanchli avtohalokat tafsilotlari
16:52 / 02.10.2024