2 oktyabr kuni Namangan şahrida yuz bergan mudhiş avariya barçani dahşatga soldi - 5 nafar öquvçi ijaraga olgan Gentra maşinasida yuqori tezlikda harakatlanib yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketib, yuk maşinasiga urildi, uç bola vafot etdi. Bu şu yilning özida Namangan şahrida maktab öquvçilari ijaraga olgan maşinada sodir bölgan törtinçi avariyadir. Ularning barçasi ölim bilan tugagan.
Kun.uz muxbiri baxtsiz hodisa bilan boğliq tafsilotlarni örganiş uçun Namangan şahrida bölib YTHda vafot etgan öquvçilarning yaqinlari, kasb-hunar maktabi öqituvçilari hamda şifokorlar bilan suhbatlaşdi.
Ayançli yakun topgan avtohalokatda Namangan şahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabi öquvçilari Ayubxon Akramov, Musoxon Olimov hamda 10-maktabning 9-sinf öquvçisi Isoxon Karimovlar vafot etgan.


Avtomaşinani boşqargan Akramjon Nuriddinov reanimatsiya bölimidan “palata”ga olib çiqilgan.

Yana bir YTH iştirokçisi Abdulaziz Hakimjonov esa jonlaştiriş bölimida qolmoqda.

RŞTYoIM Namangan filiali Bolalar reanimatsiyasi bölimi mudiri Dilmurod Mamadaliyevning aytişiça, öquvçilar maşina ijara olib boşqarişi oqibatida köplab ölim holatlari sodir bölyapti.

“2 oktyabr kuni soat 11:30 larda Bolalar reanimatsiyasi bölimiga 5 nafar voyaga yetmagan maktab öquvçilari yöl-transport hodisasi oqibatida olingan tan jarohatlari bilan oğir ahvolda olib kelindi. Ulardan biri biologik ölim holatida edi, qolgan 4 nafari oğir darajadagi boş va kökrak suyagi şikasti, qorin va oyoq-qöllardagi oğir darajali şikastlanişi bilan qabul qilindi.


2 nafari tibbiy yordamlar foyda bermasdan vafot etdi. Ikki nafar jabrlanganlarning ahvoli normal holatga kelgan. Bir nafar bola jarrohlik bölimiga, boşqasi bolalar anesteziologiya markaziga joylaştirildi.
Bunday holat şu yilning özida şifoxonamizda törtinçi marta takrorlanyapti. Sönggi vaqtlarda voyaga yetmagan bolalar tomonidan transport vositalarini boşqariş holati ança köpaygan”, deydi şifokor.
Namangan şahridagi 1-son kasb-hunar maktabiga borib marhum öquvçilar haqida suriştirdik. Maktab ma’muriyatiga köra, YTHda vafot etgan Olimov Musoxon hamda avtomaşinani boşqargan va hozirda şifoxonada qolayotgan Akramjon Nuriddinovlar sababsiz dars qoldirgani uçun 2024 yilning 2 aprelida öquvçilar safidan çiqarilgan ekan.

Baxtsiz hodisa paytida voqea joyida vafot etgan Ayubxon Akramov esa mudhiş hodisa sodir bölgan kuni darsga kelmagan.
Instagram’ga video olaman deb telefonga çalğib maşinani boşqara olmay qolgan...

“Ayubxon Akramov darslarga qatnaşayotgan edi. Ammo 2 oktyabr kuni darsga kelmadi, qöl telefoniga qönğiroq qildim, javob bermadi. Keyin avtohalokatga uçragani haqida eşitdik. Taxminan soat 12:30 larda Ayubxon vafot etgani haqida xabar keldi. Olimov Musaxon şu yilning 2 aprelida öqişdan çetlatilgan edi. Ammo ular köçada körişib yurişar ekan. Voqea joyida ikkisi ham bölgan. Akramjon Nuriddinov ham vaqtida öqişga kelmagani sababli öqişdan çetlatilgandi. Ular maşinani ijaraga olib, Instagram’ga video joylaş uçun köçada tezlikni oşirgan holda yurişar ekan. Maşina boşqargan öquvçi ijtimoiy tarmoqqa video olaman deb telefonga çalğib maşinani boşqara olmay qolgan”, deydi Marhamat Ibragimova.
Ölgan öquvçilar maktabdan haydalgan edi, buyruği qölimda...

“Akramjon Nuriddinov, Ayubxon Akramov, Musaxon Olimovlar 2 oktyabr sanasida avtohalokatga uçragani haqida xabar eşitdik. Musaxon Olimov va Akramjon Nuriddinovlar Vazirlar Mahkamasining 466-sonli qaroriga muvofiq 72 soatdan köp dars qoldirgani uçun 2024 yil 2 apreldan öquvçilar safidan çetlaştirilgandi. Ayubxon Akramovning özi maktabimizda öqiyotgan edi.

Va qaytadan birinçi kursda öqisagina öqişni tiklaşi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edi”, deydi kasb-hunar maktabi direktor örinbosari Ikromjon Rustamov.
YTHda vafot etgan Isoxon Karimov haqida ma’lumot oliş uçun u öqigan 10-maktabda bölib öqituvçilar bilan suhbatlaşdik.

Ismi sir qolişini iltimos qilgan direktor örinbosariga köra, Isoxon Karimov 2 oktyabr kuni darsga keç qolib kelgan. Darslari tugagaç, mahalladoşlari Gentra'ga solib maktabdan olib ketişgan.
200 ming sömga ijaraga olingan maşinani deb öğlimdan ayrildim...

“Mudhiş voqea haqida soat 12:00 larga eşitdik. 3 öğil va 1 qiz otasi edim. Isaxon kenja öğlim edi. Tönğiç öğlim telefon qilib katta köçada 5 nafar bola halokatga uçrabdi dedi. Yuragim bir bejo bölgandi. Keyin bilsak öşa bolalardan biri kiçik öğlim ekan. Voyaga yetmaganlarga ijaraga maşina berayotganlar ozroq öylab körişsa bölardi tepadagilar. 200 ming sömga maşinani şunçaki ijaraga berib yuborib, bolalarning ham hayotini tahlikaga qöyişmoqda. Hammasidan köra onasiga qiyin böldi. Özi kasalmand edi. Voqeadan keyin bemorligi oşdi”.
Suriştiruv davomida kasb-hunar maktabi rahbariyati Musoxon Olimov va Akramjon Nuriddinovlar köp dars qoldirganliklari uçun öquvçilar safidan çetlaştirilgani haqida körsatma berişib hatto öşa buyruq aslini taqdim etişgandi. Biroq marhum öquvçilar yaqinlariga köra, ular kasb-hunar maktabida öqiyotgan bölgan. Maktab ma’muriyati javobgarlikdan qoçiş uçun YTHdagi ölimdan söng tezkorlik bilan soxta buyruq tayyorlaşgan.
Öqiyotgan öğlimni haydalganga çiqarişdi...

“Voqea sodir bölişidan bir oz oldin qizim bilan maşinada ketayotgan edik. Tösatdan avtohalokatga közimiz tuşdi. Içimda bu halokatga uçragan insonlar tirik qolmagan bölsa kerak deb öyladim. Çunki Lacetti yuk maşinasining tagiga kirib ketgan edi. Birozdan keyin esa Ayubxon avtohalokatga uçradi deb telefon qilişdi. Lacetti’da emasmidi, deb söradim. Rostdan şunday bölib çiqdi. 5 örtoq maşina ijaraga olişgan ekan.

Şifoxonaga borganimda öğlim Musoxon vafot etgan ekan, ertasi kuniga Isoxon ham vafot etdi. Isoxon ham mening jiyanim.
Öğlim öqiyotgan kasb-hunari maktabi öqituvçilari javobgarlikdan qoçiş uçun öqiyotgan öğlimni haydalganga çiqarişdi.
Voyaga yetmaganlarga heç qanday hujjatlarni talab qilmasdan ijaraga maşina beriş bu juda yomon holat. Pul uçun bu iş qilingan bölsa, mana 3 yil içida 16 ta voyaga yetmaganlar bilan şu hol takrorlangan. Bu uçun nazoratni kuçaytiriş kerak. Qandaydir radar yoki nazorat qiluvçi şaxs qöyiş kerak. Şunda bu voqealarning urçib ketişi oldi olinar edi. Şu işni qilayotgan odamlarning ham bolasi bordir?”
“Prava”siz bolalarga maşina bergan jazolanişi şart...

“Nabiram, Akramov Ayubxon 2 oktyabr kuni kollejga ketgan edi. Köçada örtoqlari bilan birga 5 kişi ijaraga maşina olişgan va şu maşinada avtohalokatga uçraşgan. Nabiram maşinaning birinçi örindiğida ötirgan ekan va voqea joyida vafot etgan. Maşinaning asl egasi ayol kişi bölganini ta’ziyaga kelgan odamlardan bildik. Öşa maşinani ayoldan ijaraga olgan bir yigit nevaralarimga 200 ming söm evaziga 2 soatga ijaraga bergan ekan. Oilamiz uçun bu juda katta musibat böldi. Va voyaga yetmagan, haydovçilik guvohnomasi yöq bolalarga maşinani topşirib qöygan odamni albatta jazolaş şart. Zora şu orqali barça haydovçi yoki ijaraga maşina beruvçilar bundan töğri xulosa çiqarişadi.
Marhum kursdoşlarim öqişdan haydalmagandi...
“Namangan şahar 1-sonli kasb-hunar maktabi talabasiman. Ayubxon, Musoxon, Akram kursdoşlarim. Bir kollejda öqiymiz, faqat boşqa guruhlarda. Şu voqea bölişidan 3 kun oldin örtoğimni körgan edim. Bu bolalar bilan 2 yil oldin tanişganmiz. Ayubxon va Akramjonlar darsga qatnaşardi. Musoxon va Akramni öqişdan haydalgan deyişyapti, lekin ularning hammasi kollejga kelib turişar edi”, dedi ismi sir qolişini iltimos qilgan marhum öquvçilarning kursdoş döstlaridan biri.
Holat yuzasidan Namangan şahar IIB Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Gentra avtomaşina egasi boşqariş huquqi bölmagan şaxsga transport vositasini topşirganligi yuzasidan ham tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov











